Nomad Rivals desert race
01 Strategik o'sish

Investorlar uchun

Markaziy Osiyo hikoyalarini global o'yin bozoriga olib chiqayotgan studiya bilan birga rivojlaning.

Madaniy IP Kengayuvchi ishlab chiqarish Global maqsad
02 Kaja Games imkoniyati

Nima uchun Kaja Games?

Biz Markaziy Osiyoning o'ziga xos madaniyati va zamonaviy game development tajribasini birlashtiramiz. Maqsadimiz — mintaqadan boshlangan, butun dunyo o'yinchilariga tushunarli va qiziqarli o'yinlar yaratish.

Original IP

Ko'pkari, folklor va ko'chmanchi an'analardan ilhomlangan ajralib turuvchi o'yin olamlari.

Global salohiyat

Mahalliy o'ziga xoslikni xalqaro auditoriya uchun tushunarli zamonaviy o'yin tajribasiga aylantiramiz.

Kuchli jamoa

Dasturlash, game design, mahsulot, UI/UX va marketing yo'nalishlarini birlashtirgan jamoa.

03 Investitsiya yo'nalishi

Nimani rivojlantiryapmiz?

Investitsiya mahsulot sifatini oshirish, jamoani kuchaytirish va xalqaro bozorga chiqishni tezlashtirishga xizmat qiladi.

01Nomad Rivals ishlab chiqarilishi va yangi kontentni kengaytirish
02Texnik, art va game design jamoalarini kuchaytirish
03Global marketing, lokalizatsiya va publishing hamkorliklarini rivojlantirish
04 Hamkorlik

Investitsiya imkoniyatlarini muhokama qilamiz

Strategik investorlar va fondlarga studiya taqdimoti, mahsulot yo'l xaritasi va hamkorlik formatlari haqida batafsil ma'lumot beramiz.

Ushbu sahifadagi ma'lumotlar umumiy tanishtiruv maqsadida berilgan va investitsiya maslahati hisoblanmaydi.